AsosiyDunyo

Ukrainani tark etganlar soni ma`lum bo`ldi

'Ukrainani tark etganlar soni ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri 4 million 101 ming 951 nafar tinch aholi mamlakat chegarasini kesib o`tib, qo`shni davlatlardan panoh topgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligi malum qildi.

Qayd etilishicha, 24 fevraldan beri 2 384 814 nafar ukrainalik Polsha, 623 627 nafari Ruminiya, 390 187 nafari Moldova, 374 535 nafari Vengriya, 350 632 nafari Rossiya, 292 039 nafari Slovakiya, 11 821 nafari Belarus chegaralarini kesib o`tgan. Bundan tashqari, 18-23 fevral kunlari Ukrainaning Donesk va Lugansk viloyatlaridan 113 ming kishi Rossiyaga qochgan.

Shuningdek, 24 fevraldan 30 martgacha Ukrainada 1232 tinch aholi halok bo`lgan, yana 1935 nafari yaralangan. Halok bo`lganlar orasida – 250 nafar erkak, 176 nafar ayol, 18 nafar qiz va 36 nafar o`g`il bola bor. 58 bola va 694 kattalarning jinsi hali aniqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar