AsosiyJamiyat

3 aprelgacha elektr energiyasi uchun onlayn to`lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo`lishi mumkin

'3 aprelgacha elektr energiyasi uchun onlayn to`lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo`lishi mumkin'ning rasmi

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berishicha, elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish  hamda iste`molchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil  1 aprel  soat 23:00dan 3 aprel soat 22:00gacha Ma`lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.

 

Mazkur vaqt oralig`ida elektr energiyasi uchun onlayn to`lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma`lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo`lishi, shu bilan birga iste`molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste`molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan  ajratilmaydi.

    Boshqa yangiliklar