Shveysariyada koronavirusga qarshi kurashish uchun kiritilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi. Bu haqda Ria Novosti ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 1 apreldan boshlab jamoat transporti va tibbiyot muassasalarida niqoblar taqish olib tashlanadi.
"Aholining yuqori immuniteti tufayli so`nggi haftalarda COVID-19 bilan kasallanganlar soni sezilarli darajada oshgani yo`q. Ammo kovidga chalinganlar soni yana ko`paygan. Kelgusi oylarda vaziyat yanada kuchayishi ehtimoli bor. Ammo pandemiyaning kelajakdagi rivojlanishini hali ham bashorat qilishning iloji yo`q" - deyiladi xabarda.






