Superliga 4-turidan o`rin olgan bir qator uchrashuvlar poyoniga etdi.
Markaziy o`yin Toshkentda bo`lib o`tdi. Unda "Paxtakor" o`z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi. Bahs 1:0 hisobida "sherlar"ning kichik g`alabasi bilan yakun topdi. Gol esa Dragan Cheran tomonidan kiritildi.
AGMK esa Samarqandda "Surxon" bilan kuch sinashdi. O`yin 2:1 hisobida olmaliqliklar g`alabasi bilan yakunlandi.
Navoiyda esa "Qizilqum" Superligaga qaytgan "Neftchi"ni yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi, - 3:0
Superliga. 4-tur.
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:0
Gol: Dragan Cheran, 83.
«Qizilqum» - «Neftchi» - 3:0
Gollar: Stanislavlevich 29 pen, Abduxoliqov 50, 66 pen.
«Surxon» - OKMK – 1:2
Gollar: Miroslav Markovich 51 pen., - Xurshid G`iyosov 15 pen., Martin Boake 75.






