Yaponiya Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda hukumat bosh kotibi Masuno Xirokadzu ma`lum qildi.
Masuno sanksiyalarni “Yaponiyaning KXDR bilan mavjud muammolar bo`yicha qadami” deb atagan va Pxenyandan aniq harakatlar talab qilgan.
Bundan tashqari, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida ham yangi cheklovlar haqida gapirgan.
“Mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligini ta`minlab, biz jarayonni kuzatishda davom etamiz”,– degan u.
Shimoliy Koreyaga nisbatan BMT xavfsizlik kengashi taqiqlarini buzganligi uchun to`rt Rossiya tashkiloti va uch nafar fuqarosiga, shuningdek, KXDRning olti fuqarosiga nisbatan sanksiya joriy etilgan.






