AsosiySport

Tarixda ilk bor o`zbek o`g`loni qilichbozlik bo`yicha jahon chempioni bo`ldi

'Tarixda ilk bor o`zbek o`g`loni qilichbozlik bo`yicha jahon chempioni bo`ldi'ning rasmi

Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida qilichbozlik bo`yicha yoshlar o`rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqa dasturida o`g`il bolalar o`rtasida sablya yo`nalishida bahslar o`tkazildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Quvonarlisi, hamyurtimiz Zuhriddin Qodirov musobaqa doirasida barcha raqiblarini mag`lub etgan holda oltin medalga sazovor bo`ldi.

U musobaqa davomida Kanada, Misr, Vengriya, AQSh va Germaniya vakillarini mag`lubiyatga uchratdi va jahon chempionligini qo`lga kiritdi.

Ta`kidlash kerak, bu mustaqil O`zbekiston tarixiga Olimpiya o`yinlari dasturidan o`rin olgan qilichbozlik yo`nalishi bo`yicha jahon chempionatlaridagi birinchi oltin medal sifatida tarixga kirdi.

    Boshqa yangiliklar