AsosiyDunyo

Polsha o`z hududiga yadro qurollarini joylashtirmoqchi  

'Polsha o`z hududiga yadro qurollarini joylashtirmoqchi   'ning rasmi

AQSh yadro qurolini Polshada saqlashimizni so`rasa, biz bunga rozi bo`lamiz, degan mamlakat Bosh vazir o`rinbosari.

Polsha bosh vaziri o`rinbosari Yaroslav Kachinskiy mamlakat hududida AQSh yadro qurolini joylashtirish uchun ochiqligini aytdi. Zamon.uz' nashri bu haqda yozmoqda.

“Agar amerikaliklar bizdan AQSh yadro qurolini Polshada saqlashimizni so`rasa, biz bunga rozi bo`lar edik. Bu Moskvani o`rab olishni ancha kuchaytiradi”, degan u.

Siyosatchining so`zlariga ko`ra, hozirda bunday taklif qo`yilgani yo`q, ammo bu tez orada bo`lishi mumkin. Shuningdek, u tashabbus amerikaliklardan chiqishi kerakligini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar