AsosiySport

O`zbekiston delegasiyasi "Katta dubulg`a"ni 5 medal bilan yakunladi  

'O`zbekiston delegasiyasi "Katta dubulg`a"ni 5 medal bilan yakunladi   'ning rasmi

Avvalroq  o`zbek dzyudochilari Antalyada bahs olib borishi haqida xabar bergan edik.

O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, dzyudo bo`yicha bo`lib o`tgan "Katta dubulg`a" turniri o`z yakuniga etdi. 

Qayd etilishicha, musobaqaning so`nggi bellashuvida o`zbekistonlik Alisher Yusupov gruziyalik Guram Tushishvili bilan chempionlik uchun bahs olib bordi.

Eng og`ir vazn toifasida kurashgan polvon dastlab vazari ishlashga muvaffaq bo`lgan. Biroq bahs o`rtasida tajribali raqib, Tokio-2020 finalchisi, jahon chempioni ippon bahosi bilan bellashuvni foydasiga hal qilgan.

Shu tariqa, O`zbekiston delegasiyasi Antalya  "Katta dubulg`a" musobaqasini 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medal bilan yakunladi.

    Boshqa yangiliklar