AsosiyDunyo

"Musiqachilarimiz smoking o`rniga zirhli jilet kiyishadi"

'"Musiqachilarimiz smoking o`rniga zirhli jilet kiyishadi"'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy har yili o`tkaziladigan 64-"Gremmi" mukofotlarini topshirish marosimi mehmonlari va tomoshabinlariga murojaat qildi. Bu haqda zamon.uz sayti CNN ga tayanib xabar berdi.

U tinglovchilarni har fursatda Ukrainadagi urush haqidagi haqiqatni aytishga chaqirdi. 

"Vayron qilingan shaharlar va o`ldirilgan odamlarning sukunati. Bolalarimiz yulduzlarni emas, uchar raketalarni chizishadi. Urush paytida 400 dan ortiq bola yaralandi, 153 nafari halok bo`ldi", — dedi u murojaatida.

Zelenskiy zalda hozir bo`lganlarning barchasini urush haqidagi haqiqatni aytishga va qo`ldan kelgancha Ukrainani qo`llab-quvvatlashga chaqirdi. Keyin u ukrainalik musiqachilar hozir nima qilayotganini aytdi:

"Musiqachilarimiz smoking o`rniga zirhli jilet kiyishadi. Ular kasalxonalarda yaradorlarga qo`shiq aytishadi", — dedi Zelenskiy.

 

    Boshqa yangiliklar