Hindistonda 72 yildan beri ovqat emaydigan, yoga bilan shug`ullanuvchi qariya yashaydi, deb xabar berdi “Interesno.cc” nashri.
Yaqinda 83 yoshga kiradigan hindistonlik Praxlad Jani (Prahlad Jani) 2003 yildayoq butun dunyoga mashhur bo`lgan edi. Uni tibbiy tekshiruvdan o`tkazgan hindistonlik vrachlar bu favqulodda holat ekanligini ma`lum qilgan. Qariya haqiqatan ham 11 yoshdan beri ovqat emaydi, suv ham ichmaydi.
Praxlad Jani tarki dunyo qilgan darvesh va yogdir. U dunyo lazzatlaridan voz kechgan, g`orda yashaydi. Qiziquvchan olimlardan yashirinmaydi, balki ularning taklifini chin dildan qabul qiladi. Har qanday tekshiruv, tahlillarga qarshilik qilmaydi.
2003 yilda qariya 10 kunga gospitalga tekshiruv uchun yotqizilgan. Ammo tibbiyot va dunyo ilm-fani bu sirning tagiga etolmadi va qanday qilib inson hech nima emay yashashi mumkinligini tushuntirib berolmadi. Qariyani hatto tabiiy ehtiyojlar ham bezovta qilmaydi, yog so`nggi marta 1940 yilda, 11 yoshda hojatga chiqqan, shundan beri bunga ehtiyoj sezmagan.