Toshkentning Qushbegi mavzesida bugun, 17 iyun kuni erta tongda Captiva va Mercedes avtomobillari ishtirokida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Telegram`ning “Avto tuning” guruhida fotoxabar qoldirildi.

Voqea guvohlarining ma`lum qilishicha,YTH Captiva haydovchisining uxlab qolishi oqibatida sodir bo`lgan. Suratlarda Captiva`ning katta tezlik bilan kelib, yo`l chetidagi ustunni urib, yiqitib yuborganini ko`rish mumkin. Biroq, katta tezlikda kelayotgan avtomobil ustunga urilib ham to`xtamagan. Avtomobil yuvish shahobchasi yonida turgan Mercedes avtomobiliga kelib urilgan va unga ham jiddiy zarar etkazgan.

YTH oqibatida jabrlanganlar shifoxonaga olib ketilgan.






