AsosiySport

Mbappe «PSJ»da qolishga qaror qildi

'Mbappe «PSJ»da qolishga qaror qildi'ning rasmi

Fransiya milliy jamoasi forvardi Kilian Mbappe «PSJ» bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgan.

Parij klubiga yaqin manba sanalmish jurnalist Daniel Riolo bu haqda ma`lum qildi. Lionel Messining «PSJ»ga o`tishini ham aynan u birinchilardan bo`lib e`lon qilgan edi.

«Al-Hilayfini qiziqtirayotgan yagona masala – Kilianning qanday qarorga kelishidir. Ko`pchilik hozir so`zlarimga ishonmasligi mumkin, ammo u Parij klubida qoladi va bu haqda may oyida e`lon qiladi», - deya Rioloning so`zlarini keltirgan RMC Sport. 

Avvalroq, Kilian Mbappening shartnomani uzaytirish borasida Parij klubining barcha takliflarini rad etgani va yozda erkin agent sifatida «Real»ga o`tishga qaror qilgani haqida xabar qilingandi. 

Ma`lumot uchun, 23 yoshli hujumchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 27 o`yinda 17ta gol, EChLda esa 8 bahsda 6ta golga mualliflik qildi.

    Boshqa yangiliklar