"Barselona" klubi "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda As nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Saloh va uning agentlari qo`ygan talab "Barselona" rahbariyatini qoniqtirmagan va tomonlar muzokaralarni to`xtatgan. 29 yoshli misrlik futbolchi kataloniyaliklardan yiliga 17 million evro maosh hamda 5 yillik shartnoma so`ragan.
Bundan tashqari, "Liverpul" Saloh transferidan kamida 70 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. "Barselona" esa bunday talabni bajara olmasligini ma`lum qilib, ushbu transferdan voz kechgan.






