Amerika Qo`shma Shtatlari mart oyi o`rtalarida gipertovushli raketani yashirincha hamda muvaffaqitali sinovdan o`tkazgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda SNN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, AQSh mart oyi o`rtalarida gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazgan. Biroq Rossiya bilan ziddiyatni kuchaytirmaslik uchun uni sir saqlagan.
Ma`lumotlarga ko`ra, AQSh gipersonik qurol konsepsiyasi g`arbiy qirg`oq yaqinidagi B-52 bombardimonchi samolyotidan tinch okeani tomon uchirilgan.






