O`tgan haftada pandemiya biroz ortga chekinib, infeksiya asoratlari sezilarli darajada yumshagan. Bu haqda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati JSSTning navbatdagi haftalik hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
Masalan, 28 martdan 3 aprelga qadar er yuzida SOVID-19ni yuqtirganlar soni 10 million 351 nafarni tashkil etdi. Shundan 26 mingdan ziyod kishi xastalik tufayli hayotdan ko`z yumgan.
JSSTning ma`lum qilishicha, bu o`tgan haftada o`lim ko`rsatkichlari avvalgi haftaga nisbatan 43 foizga, infeksiyani yuqtirish holatlari esa 16 foizga kamayganini anglatadi.
O`lim darajasi Janubi-Sharqiy Osiyoda ayniqsa, keskin pasaygan — 73 foiz. Shimoliy va Janubiy Amerikada ham ko`rsatkichlar ijobiy — 63 foiz.
Kasallanishlar soni kamayishi esa barcha mintaqalarda qayd etildi. Xususan, Afrika qit`asida 19, Evropa davlatlarida 16 va G`arbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida 16 foiz pasayish kuzatildi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining xulosasiga ko`ra, koronavirus infeksiyasi rivojlanishda davom etmoqda. Shunday ekan, kelgusida uning yangi variantlari paydo bo`lishini istisno etib bo`lmaydi.






