Dunyoga mashhur “Lonely Planet” nashri O`zbekistonni may oyida kam harajat evaziga “sarguzashtli sayohat” turkumi doirasida tashrif buyurishga arziydigan davlatlar ro`yxatiga kiritdi.
Maqolada betakror me`moriy obidalari, madrasalari, maqbaralari va qabristonlari bilan sayyohlarni o`ziga tortadigan tarixiy shaharlar tilga olindi. O`zbekiston bahorning so`nggi oyida, ayniqsa, o`nlab tematik festivallar o`tkazish rejalashtirilganida go`zal.
“Ajoyib ob-havoda Ipak yo`li karvonsaroyini tomosha qiling. Ipak yo`li. Ziravorlar. Ming yillar davomida Markaziy Osiyoning madaniy yuragi bo`lgan bu erga sayohat qilishda shubhasiz romantik hislarni tuyish mumkin. Bu, ayniqsa, mozaik maqbaralar, masjid va madrasalar bilan jilvalanayotgan O`zbekistonning uchta tarixiy shahri – Samarqand, Buxoro va Xivaga taalluqlidir. May oyining oxirida Buxoroda bo`lib o`tadigan “Ipak va ziravorlar festivali” o`zining gilamdo`zlari, yog`och o`ymakorlari, sozandalar va rassomlar ijodi mahsulotlari bilan mashhur. Darhaqiqat, may O`zbekistonga tashrif buyurish uchun eng zo`r oydir. Mamlakat ob-havosi diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish uchun qulay sharoit yaratib, lola va o`rik gullari esa manzarani yanada jonlantiradi”.
Ma`lumot uchun: “Lonely Planet” – xalqaro nashriyot kompaniyasi bo`lib, 1972-yilda Avstraliyada tashkil etilgan. U kam harajatli sayohatlar bo`yicha maxsus qo`llanmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan birinchi rasmiy nashriyotlardan biri hisoblanadi.