NATO bosh kotibi Ens Stoltenberg alyansdan tashqari davlatlarga yordam ko`rsatish mexanizmini muhokama qilishni taklif qildi.
Ukrainadagi vaziyat fonida NATO ittifoq va EIga kirmaydigan davlatlarga qanday yordam ko`rsatishni muhokama qilishi kerak, dedi NATO bosh kotibi Ens Stoltenberg 6-7 aprel kunlari tashqi ishlar vazirlarining yig`ilishidan oldin.
"2008-yildan beri NATO davlatlari Ukrainani qo`llab-quvvatlab keladi, biroq bizda a`zolik bo`yicha konsensus yo`q edi. Endi menimcha, NATO Ukraina bilan ozmi-ko`pmi o`xshash vaziyatga tushib qolgan boshqa davlatlarga qanday yordam berish haqida munozaraga muhtoj. Masalan, Evropa Ittifoqi yoki NATO a`zosi emas, balki bu tashkilotlarga qo`shilishga intilayotgan davlatlarga ham”, dedi u. Stoltenbergning so`zlariga ko`ra, ana shunday davlatlarga ertaroq yordam berish kerak.






