Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning 350 milliard dollarlik aktivlarini muzlatadi. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass ma`lum qildi.
"Hozirgacha sanksiyalarimiz Putinning urush mashinasini oziqlantirgan va moliyalashtirganlarga halokatli ta`sir ko`rsatdi. Shu hafta biz Putinning harbiy byudjetining 350 milliard dollardan ko`prog`ini muzlatib qo`yganimizni e`lon qilamiz. Bu esa rejimning 604 milliard dollarlik chet ellik byudjetining 60 foizdan ortig`ini tashkil etadi", - dedi TIV rahbari.
Avvalroq AQSh ham Rossiyaga qarshi o`zining yangi sanksiyalarini e`lon qilgandi.





