AsosiySport

O`zbek shaxmatchisi Hindistondagi turnirda g`olib bo`ldi

'O`zbek shaxmatchisi Hindistondagi turnirda g`olib bo`ldi'ning rasmi

Shu yilning 31 mart sanasida Hindistonning Gujarat shahrida boshlangan “3rd Gujarat International Open GrandMasters Chess Tournament 2022" xalqaro shaxmat turniri kecha o`z yakuniga etdi.

Quvonarli jihati, dunyoning 13 davlatidan 376 nafar shaxmatchi ishtirok etgan turnirda o`zbekistonlik shaxmatchi g`oliblikni qo`lga kiritdi.

Hamyurtimiz, xalqaro master Ortiq Nig`matov turnirda 8,5 ochko bilan 1-o`rinni egalladi. Shuningdek, xalqaro turnirda qatnashgan yana bir vakilimiz, xalqaro master Abdumalik Abdusalimov esa 8 ochko bilan 5-o`ringa sazovor bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar