Tesla kompaniyasi 2023 yilda Optimus robotlarining birinchi versiyasini ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ostindagi yangi zavod ochilishida kompaniya rahbari Ilon Mask ma`lum qildi.
“Balki hozircha bunga ishonish qiyin, ammo robot bizning ko`z o`ngimizda o`zini yaxshilaydi. Shu bilan birga, bu Terminator haqidagi hikoyadan farqli o`laroq, odamlar uchun xavfsiz bo`ladi. Bu narsa dunyoni bir vaqtning o`zida avtomobillar ko`rinishidan ko`ra ko`proq o`zgartirishi mumkin ", dedi Mask.
2021 yil avgust oyida Ilon Mask birinchi marta Tesla insonsimon robot ishlab chiqarilishini e`lon qildi, ammo keyin u Tesla Bot deb nomlagandi.






