Hindistonda sigirlarni himoya qilish va ularni asrash bilan shug`ullanuvchi vazirlik tashkil etilishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ma`lum qilinishicha, mazkur tashabbus Butunjahon hind kengashi tomonidan o`rtaga tashlangan bo`lib, kengash o`z taklifini mamlakat bosh vaziri Narendra Modiga yo`naltirgan.
Parlament bu masalani iyul oyida boshlanadigan yangi sessiyada ko`rib chiqishni rejalashtirgan.
“Sigir hind madaniyatining ramzi hisoblanadi. Bu jonivorga etarlicha e`tibor berilmayapti”,—deydi mansabdorlardan biri.
Uning fikriga ko`ra, vazirlik tashkil etishdan maqsad sigirlarni qirilib ketishdan himoya qilish hisoblanadi. Bu mamlakatda sut etishtirish ko`lamini ham oshiradi.
Qoramollarning qirilib ketishi Hindistonda bugungi kunda dolzarb muammo hisoblanadi.