5-9 aprel kunlari Ruminiyada o`tkazilgan "Golden Belt" xalqaro turniri o`z nihoyasiga etdi. Bu haqda O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Jahonning 13 mamlakatidan bokschilar ishtirok etgan musobaqada O`zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo`lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo`ldi.
Terma jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo`ldi:
Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-67 kg: Javlon Yuldashev
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
-80 kg: Dilshod Ro`zmetov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov
Kumush:
-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Diyor O`ralov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Bronza:
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: Shoxruxbek Kenjaev
O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati






