Ruminiyada boks bo`yicha "Golden Belt" nomli xalqaro turnir o`z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, musobaqada 10 nafar o`zbekistonlik bokschi final yo`llanmasini qo`lga kiritgan va 3 ta vaznda o`zbek o`g`lonlarining chempionlik uchun o`zaro ringga ko`tarilishi jamoa kamida 3 ta oltin medalni naqd qilishidan dalolat berar edi. Yakunda bokschilar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo`lga kiritishgan. Bunday natijaga turnirda ishtirok etgan hech qaysi jamoa yaqinlasha olmagan.
Ruminiyadagi musobaqada g`olib va sovrindor bo`lgan o`zbek bokschilari bilan tanishing:
Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-67 kg: Javlon Yuldashev
-75 kg: Saidjamshid Ja`farov
-80 kg: Dilshod Ro`zmetov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov
Kumush:
-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Diyor O`ralov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Bronza:
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: Shoxruhbek Kenjaev.






