AsosiyDunyo

NATO o`z sharqiy qanotini kuchaytirish rejalarini ko`rib chiqmoqda — Stoltenberg

'NATO o`z sharqiy qanotini kuchaytirish rejalarini ko`rib chiqmoqda — Stoltenberg'ning rasmi

Bu haqda zamon.uz alyans bosh kotibi Yens Stoltenbergga tayani xabar berdi. 

Uning so`zlariga ko`ra, hozirda Shimoliy Atlantika bloki Ukrainadagi harbiy mojaro fonida fundamental o`zgarishlar davrida turibdi. Stoltenberg ayni damda NATO sharqiy qanotida 40 ming harbiy joylashtirilganini ta`kidlagan. Bu esa bundan bir necha oy oldingiga nisbatan 10 barobarga ko`p. Shuningdek, ushbu askarlar soni doimiy ravishda oshirib borilishi aytilgan. 

“Biz hozir ko`rib turgan vaziyat — yangi reallik, Evropa xavfsizligi uchun yangi odatiy holat. Biz harbiy qo`mondonlarimizdan alyansning yangi reallikka moslashuviga tayyorlanishni so`radik. Fikrimcha, NATOga a`zo davlatlar etakchilari bu borada iyunda bo`lib o`tadigan Madrid sammitida bir qarorga keladi”, — degan u.

Avvalroq NATO davlatlari Rossiya bilan munosabatlar masalasida ikkiga ajralgani to`g`risida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar