Zelenskiy “Associated Press” agentligiga intervyu berdi, deya qayd etmoqda Zamon.uz' nashri.
Cuhbat davomida prezident tinchlik muzokaralari haqida gapirgan.
“Odamlar urush tugashini, bizning shartlarimiz asosida tugashini xohlaydi. Lekin qaysidir yaqinini yo`qotgan, farzandlaridan ayrilgan odamlar hech qanday tinchlik bitimi, hech qanday shart bilan qanoatlanmaydi, deb o`ylamayman. Yara juda katta.”
“Ammo hissiyotlardan tashqari, qanchalik og`ir bo`lmasin, biz tushunishimiz kerakki, har qanday urush tinchlik bilan yakunlanishi kerak, aks holda u millionlab qurbonlarga olib keladi”.
“Ha, biz kurashishimiz kerak, lekin hayot uchun kurashishimiz kerak. Hech narsa, odamlar yo`q bo`lganda, chang uchun kurashib bo`lmaydi. Shuning uchun bu urushni to`xtatish juda muhim. Garchi bu mushkul, hissiy jihatdan qiyin bo`lsada, hech kim mamlakatni masxara qiladigan odamlar bilan gaplashishni xohlamaydi. Ularni tushunish mumkin, men o`zim ularni erkak sifatida, ota sifatida juda yaxshi tushunaman. Ammo, agar u mavjud bo`lsa, diplomatik yo`l bilan echim topish imkoniyatini yo`qota olmaymiz. Urushni to`xtatmoqchi bo`lgan o`n millionlab odamlar uchun qaror qabul qila olmaymiz. Biz ular uchun qaror qabul qilib, “Yo`q, biz qotillar bilan gaplashmaymiz”, deya olmaymiz”.
Zelenskiy Mariupoldagi vaziyat haqida ham to`xtalib o`tgan.
“Mariupol bugungi urushning yuragi. U urib turibdi. Biz kurashamiz, biz kuchlimiz. Agar u urishdan to`xtasa, biz zaifroq holatda bo`lamiz. Mariupoldagi pozisiyamiz qanchalik kuchli bo`lsa, mamlakat sharqidagi kuchlarimiz shunchalik kuchli qarshilik ko`rsatadi. Bizning kuchlarimiz qanchalik kuchli bo`lsa, muzokaralar uchun shunchalik yaxshi. Biz Rossiya Federasiyasi bilan muloqotda ustunlikka ega bo`lamiz”.
“Agar biz NATOda bo`lganimizda, bu urush bo`lmas edi. Yoki hammasi hozirgidek bo`lmasdi. Qo`shnilar bizga elka berishardi”.
Zelenskiy, shuningdek, Ukrainaga olib ketilayotgan qurol va jihozlar etarli emasligini aytdi. Agar yordam ko`proq bo`lganida va tezroq etib kelganida, Mariupolda yuzlab odamlarning hayotini saqlab qolgan bo`lardi, degan u.






