Ispaniyaning Barselona shahrida konkur bo`yicha xalqaro musobaqa bo`lib o`tdi. Sara chavandozlar ishtirokidagi bahslar o`zbekistonlik Abdurahmon Abdullaev g`alabasi bilan yakunlandi.
Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, turnirda to`siqlar balandligi 145 smni tashkil etgan. “GO FOUR IT B” tulporida ishtirok etgan Abdurahmon Abdullaev eng yaxshi natijani qayd etib, musobaqa g`olibiga aylangan. Ikkinchi va uchinchi o`rinlar Portugaliya va Latviya vakillariga nasib etgani aytiladi.






