Bugun, 20 iyundan O`zbekistondagi oliy o`quv yurtlariga 2016/2017 o`quv yili uchun abiturientlardan hujjatlar qabul qilish boshlandi. Mazkur jarayon 20 iyulga qadar davom etadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rasmiy saytining ma`lumot berishicha, abiturientlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
- o`rta ta`lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086-U — shakl bo`yicha tibbiy ma`lumotnoma; pasport (pasport yoshiga etmaganlar uchun tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat; mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo`lim abiturientlari uchun);
- Rektor nomiga ariza ;
- tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlar;
- abiturient tomonidan pasport (pasport yoshiga etmaganlar tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko`rsatiladi.
Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!