AsosiyDunyo

“Siyosiy buyuklik reytingi”da birinchi o`rinni egallagan Mustafo Kamol Otaturkning vasiyati. Yoxud Anitkabir mavzoleyi haqida nimalarni bilamiz?

'“Siyosiy buyuklik reytingi”da birinchi o`rinni egallagan Mustafo Kamol Otaturkning vasiyati. Yoxud Anitkabir mavzoleyi haqida nimalarni bilamiz?'ning rasmi

Anitkabir mavzoleyi, o`zining salobati va boy tarixi bilan zamonaviy, demokratik Turkiya Respublikasining asoschisi bo`lgan Buyuk Yo`lboshchi G`ozi Mustafo Kamol Otaturkning mangu oromgohi bo`lib, uning har bir qismi alohida tamoyilni ifodalaydi.

O`tgan asrning eng buyuk etakchisi va davlat arbobi Mustafo Kamol Otaturk o`limidan keyin ham dunyoning ko`plab davlat arboblari tomonidan hurmatga sazovor bo`lgan, o`gitlari bugungi kunda ham og`izdan tushmaydigan buyuk shaxsdir. Biz hozirgacha yashab o`tgan barcha davlat arboblari orasida tuzilgan “Siyosiy buyuklik reytingi”da birinchi o`rinni egallagan G`ozi Mustafo Kamolning abadiy istirohatgohi bo`lmish Anitkabirning ba`zi me`moriy xususiyatlarini sizlar bilan baham ko`rmoqchimiz.

Otaturk hech qachon dafn etilishini istagan joyni oshkora yoki yozma vasiyat qilmagan. Do`stlari bilan suhbati chog`ida “Xalqim meni xohlagan joyiga dafn qilsin. Lekin men qabrim oldida turk bayrog`ining doim hilpirab turishini istardim” deb aytgan. Bu vasiyatga muvofiq, Anqara qal`asida hilpirab turgan Turk bayrog`ini uning sakkiz burchakli qabrining har bir burchagida va Anitkabirning eng katta derazasi qarshisida uchratish mumkin.

Anitkabir joylashuv tarixi 

Anitkabirning joylashuvining tanlanishi ham uning me`moriy xususiyatlari kabi ma`noga ega. Uning maqbarasi Rasattepeda joylashishi kerakligini birinchi bo`lib o`rinbosari Mithat Aydin taklif qildi. Bu erni tavsiya qilish sabablaridan biri Otaturk Anqarada yashaganida bir kuni bu tepalikni ziyorat qilish uchun kelgan va yonidagi odamlarga “Bu qanday go`zal monumental joy”, deb aytgan va aslida u bu joyni o`zi uchun taklif qilgan deb tahmin qilingan. Otaning bu jumlasiga asoslanib, Anitkabirning qurilishi uchun eng mos joy Onado`lining chuqur ildiz otgan sivilizasiyalaridan biri bo`lgan Frigiya sivilizasiyasining manzilgohi bo`lgan Rasattepe bo`lishiga qaror qilindi.

Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamolning so`nggi dam olish maskanini Rasattepeda qurishga qaror qilingandan so`ng, 1941 yilda tanlov o`tkazildi. Tanlovdan ko`zlangan maqsad ham ulug` yo`lboshchining qarashlari ustuvor bo`lgan bino loyihasini yaratish, ham uni eng yaxshi tarzda namoyon etadigan maqbara chizmasini ochib berishdan iborat edi. Tanlov e`lon qilinishi bilan nafaqat Turkiyadan, balki o`sha paytda hali bo`linmagan Germaniya, Italiya, Avstriya, Shveytsariya, Fransiya va hatto Chexoslovakiyadan ham arizalar kelib tushdi. Tanlovda jami 49 ta arxitektura loyihasi ishtirok etdi. Ushbu arxitektura loyihalari orasida tanlov g`olibi deb professor Emin Onat va dosent Orxan Ardalar tomonidan tayyorlangan loyiha topildi.

Turk jamiyatining bag`rikenglik va tinchliksevar tomonlarini eng yaxshi tasvirlaydigan loyiha bo`lgan Anitkabir qurilishi 1944 yil 9 oktyabrda boshlangan. Otaning jasadi 1953 yil 10 noyabrda Etnografiya muzeyidan 4 bosqichda qurilib, 9 yilda bitkazilgan maqbaraga keltirilib, dafn etilgan.

Anitkabirdagi raqamlar nimani so`zlaydi?

Anitkabir qurilishi uchun tanlangan Rasattepening balandligi dengiz sathidan 907 metrni tashkil qiladi. Mustafo Kamol Otaturkning qabri joylashgan nuqta 905 metr. Bu ikki raqam bizga Otaturkning abadiyatga ko`zlarini yumgan soat 9:05 ni eslatadi.

Anitkabirning kirish qismi bo`lgan va arslon yo`li deb ataladigan bu koridor (alleya) 262 metrni tashkil qiladi. Arslon yo`lining o`ng va chap tomonida turk haykaltaroshlari qo`lida jonlangan 24 ta sher haykali bor. 24 arslon, 24 o`g`uz qabilasini ifodalaydi.

Maydondan jami 42 zinapoyada ko`tarilish orqali Ustunli maqbaraga chiqish mumkin. 42 raqam bizga, Otaturkning respublikani e`lon qilgandagi yoshi 42 raqamini ko`rsatadi.Otaturk qabr tuprog`i ham o`ziga yarashgan tarzda tayyorlangan. 67 viloyatdan keltirilgan tuproqlar, jumladan, Selanikdagi uyining bog`idan, Suriyadagi yagona turk tuprog`i Shoh Sulaymon maqbarasidan, Janubiy Koreyadagi Turk shahidligidan va Kiprdan olib kelingan tuproqlarni qorishtirib, to`liq vatan tuprog`i yaratilgan

    Boshqa yangiliklar