AsosiySport

O`zbekistonlik sportchilar Ruminiyadagi xalqaro turnirdan 13ta medal bilan qaytib kelishdi

'O`zbekistonlik sportchilar Ruminiyadagi xalqaro turnirdan 13ta medal bilan qaytib kelishdi'ning rasmi

Bugun, 11 aprel kuni o`zbekistonlik sportchilar boks bo`yicha Ruminiyada o`tkazilgan “Golden Belt” xalqaro turniridan umumjamoa hisobida 1-o`rinni qo`lga kiritgan holda vatanimizga qaytib kelishdi.

G`olib sportchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O`zbekiston boks federasiyasi mas`ul xodimlari kutib olishdi.

Xalqaro musobaqada o`zbekistonlik bokschilar 6ta oltin, 4ta kumush va 3ta bronza medalini qo`lga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi bo`ldi.

Sovrindor bo`lgan bokschilarimizni eslatib o`tamiz:

Oltin:

-48 kg: Asilbek Jalilov,

-54 kg: Shahzod Muzaffarov,

-67 kg: Javlon Yuldashev,

-75 kg: Saidjamshid Jafarov,

-80 kg: Dilshod Ro`zmetov,

+92 kg: Lazizbek Mullajonov,

Kumush:

-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev,

-80 kg: Odiljon Aslonov,

-92 kg: Diyor O`ralov,

+92 kg: Jahongir Zokirov,

Bronza:

-57 kg: Dilshod Abdumurodov,

-60 kg: Shunqor Abdurasulov.

-63,5 kg: Shoxruxbek Kenjaev

    Boshqa yangiliklar