AsosiyDunyo

Xitoyning yirik shaharlarida koronavirus tufayli darslar to`xtatildi

'Xitoyning yirik shaharlarida koronavirus tufayli darslar to`xtatildi'ning rasmi

Xitoyning Guanchjou shahrida maktablar 11 apreldan boshlab yopildi. Ushbu cheklovlar koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.

Yana boshqa qator shaharlarda masofaviy ta`limga o`tilmoqda.  

– 11 apreldan boshlab Xitoy poytaxtidagi boshlang`ich va o`rta maktab o`quvchilari masofaviy ta`limni boshladi, – deyiladi mahalliy hokimiyat xabarida.  

Bundan tashqari, shahardagi maktablar bilan birga ta`lim muassasalarida ham kunduzgi sinflar tashkil etilmagan. Oliy ta`lim muassasalari yopiq boshqaruv rejimiga o`tkazilmoqda. Bolalar bog`chalarga qabul qilinmaydi.   

Ma`muriyat mahalliy aholini Guanchjouni zaruratsiz tark etmaslikka chaqirmoqda. O`tgan haftada olingan ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, 19 milliondan ortiq kishi PSR testidan o`tgan. Megapolis hukumati COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun vaqtinchalik shifoxona qurishni boshlagan. 

    Boshqa yangiliklar