"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi. Bu haqda TVP Sport xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, polshalik 33 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan kelishuvga erishgan. U La Liga grandi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.
Ma`lumot uchun, Robert Levandovski Bundesliganing joriy mavsumida 29 o`yinda 32ta golga mualliflik qilgan.






