Bir muddat avval Pokiston parlamenti mamlakat Bosh vaziri Imron Xonga ishonchsizlik bildirgani va uni lavozimidan chetlatgani haqida yozgan edik.
Mamlakatga yangi bosh vazir sifatida Shahboz Sharif tayinlandi. Bu haqda Zamon.uz' nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonida uning nomzodini 174 nafar deputat qo`llab-quvvatlagan.
Shunday qilib, u Pokistonning yangi Bosh vaziri sifatida qasamyod qabul qilgan.
Mamlakatning sobiq Bosh vaziri Imron Xon esa ishonchsizlik votumi natijasida bosh vazir lavozimidan chetlashtirildi. Milliy majlisning 342 deputatidan 174 nafari unga qarshi ovoz bergan.






