Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda deputatlar Soliq kodeksiga kiritilayotgan o`zgartirish va qo`shimchalarni muhokama qilishdi.
Bu haqda xabar bergan deputat Rasul Kusherbaevga ko`ra, 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha miqdorda investisiyalar kiritgan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari foyda solig`idan 3 yil muddatga ozod etiladi.
— 5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha miqdorda — 5 yil muddatga;
— 15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdorda investisiyalar kiritilganda esa 10 yil muddatga foyda solig`idan ozod etiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o`qishda qabul qilindi.






