Toshkent shahar IIBB va boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari Shayxontohur tumanida profilaktik tadbirlar olib borildi. Bu haqda boshqarma Matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, tumandagi o`quv markazlaridan birida 43 yoshli Nargiza K. va 19 yoshli Moxichexra R. lar tegishli ruxsatlarsiz diniy adabiyotdan foydalangan holda dars o`tganlar.
Mazkur holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 241-moddasiga (Diniy ta`limotdan saboq berish tartibini buzish) asosan sud tomonidan ayollarga nisbatan qonuniy chora ko`rilgan.






