AsosiyJamiyat

Chustda hokim yordamchisi pora bilan qo`lga tushdi

'Chustda hokim yordamchisi pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Chust tumani hokimining chegara masalalari bo`yicha yordamchisi F.A., “R.N.” fermer xo`jaligi rahbari R.A. va boshqalar xo`jalikning “Kaklikqo`rg`on” MFY hududidagi 5,3 gektar er maydonini 15 000 AQSh dollari evaziga fuqaro N.ga bog`dorchilik tashkil etish uchun ajratib berishni va`da qilgan. 

U Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, oldindan 1 500 AQSh dollari va 5,6 mln so`mni fuqarolar I.I. va K.R. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan berilgan ushbu xabarga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar