Yig`ilishda aholini sifatli dori vositalari bilan ta`minlash bo`yicha tegishli vazirlik va idoralarning sa`y-harakatlarini birlashtirish lozimligi ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bu faqat Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligining ishi emasligi, balki:
- Sog`liqni saqlash vazirligi talabni shakllantirishi va sifatli mahalliy dorilarni qidirib topishi;
- Moliya vazirligi kafolatli davlat xaridlarini joriy qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirishi;
- Investisiya va tashqi savdo vazirligi yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, loyihalarni ko`paytirishi zarurligi ko`rsatib o`tildi.
“Agar viloyat hokimlari 200 dan ziyod farmasevtika korxonalari bilan uchrashib, masalani ichiga kirganida edi, ko`p muammolar joyida hal bo`lardi”, dedi Prezidentimiz.






