12 apreldan boshlab Toshkentdan Qozog`iston shaharlariga avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Hozirda Toshkent avtovokzalidan Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qizilo`rda, Toshkent – Nursulton, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Chimkent yo`nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent – Olmaota chipta narxi 200 000 so`m, Toshkent – Qizilo`rda chipta narxi 200 000 so`m, Toshkent – Nur-Sulton chipta narxi 350 000 so`m, Toshkent – Turkiston chipta narxi 100 000 so`m, Toshkent – Chimkent chipta narxi 60 000 so`m.
Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin.
Eslatib o`tamiz, avtobus qatnovlari orqali Qozog`iston Respublikasi chegarasidan o`tish vaqtida yo`lovchilardan manfiy PZR testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to`g`risidagi sertifikatga ega bo`lish talab etiladi.






