“Mutaxassisligi bo`yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo`lgan xotin-qizlarni oliy ta`lim muassasalariga to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo`yildi. Hujjat tashabbuskori Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi.
Loyihada mutaxassisligi bo`yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo`lgan xotin-qizlarni oliy ta`lim muassasalariga to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash va 2022 yil 1 maydan boshlab uni kuchga kiritish taklif etilmoqda.
Shuningdek:
* alohida kvotalarni davlat oliy ta`lim muassasalari kesimida taqsimlash;
* mutaxassisligi bo`yicha kamida besh yil ish stajiga ega, lekin oliy ma`lumotga ega bo`lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish;
* alohida test sinovlarini o`tkazish tartiblarini o`rnatish ko`zda tutilmoqda.
Hujjat loyihasigako`ra, xotin-qizlarga tavsiyanoma Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi tomonidan bir marta beriladi hamda tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil muddatga amal qiladi. Tegishli tavsiyanomaga ega bo`lgan xotin-qizlar har yili oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishiga kirish uchun hujjatlarni topshirish muddatlarida o`rnatilgan tartibda maxsus elektron tizim orqali ro`yxatdan o`tkaziladi.






