AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ayollar ko`pmi yoki erkaklar? Rasmiy ma`lumot e`lon qilindi

'O`zbekistonda ayollar ko`pmi yoki erkaklar? Rasmiy ma`lumot e`lon qilindi'ning rasmi

 O`zbekistonda erkaklar ko`pmi yoki ayollar?

Avval xabar qilganimizdek, 2022 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 35 433 772 kishini tashkil etgan.  Davlat statistika qo`mitasi aholining qancha qismi ayollardan, qanchasi esa erkaklardan iborat ekanini ma`lum qildi. 

Unga ko`ra:

- ayollar soni – 17 607 934 kishi

- erkaklar soni – 17 825 838 kishini tashkil etmoqda. 

Ya`ni, 2022 yilning 1 aprel holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 217 904 nafarga ko`p.  

Ma`lumot uchun: 1991 yilda respublikamizda doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil etgan.  

Bu ko`rsatkich 2022 yilning 1 aprel holatiga 49,7 foizni tashkil etdi.

 

    Boshqa yangiliklar