AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 4ta viloyatida elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari eng ko`p

'O`zbekistonning 4ta viloyatida elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari eng ko`p'ning rasmi

O`zbekistonda noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko`pi – Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, va Toshkent viloyatlarida aniqlandi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda  axborot xizmati rahbari Navro`z Norboboev ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar-mart oylarida o`tkazilgan tadbirlarda tadbirkorlik sub`ektlari, energotizim korxonalari, davlat tashkilotlarida jami 221ta noqonuniy holat aniqlandi. Natijada energota`minot korxonalari jami 40,3 mlrd.so`m etkazilgan zararni qayta hisob-kitob qildi.

Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan iste`molchilarni aniqlash bo`yicha qo`shma nazorat tadbirlarida 277 ta iste`molchi 12,8 mln.kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi. Buning natijasida, tizimga 5,7 mlrd.so`m zarar etkazilgan.

 

    Boshqa yangiliklar