AsosiyJamiyat

Buxoroda chiqindi tashish mashinasi ona va bolani bosib ketdi. Fuqarolar voqea joyida halok bo`lgan

'Buxoroda chiqindi tashish mashinasi ona va bolani bosib ketdi. Fuqarolar voqea joyida halok bo`lgan'ning rasmi

Buxoro shahrida ayol va uning bolasini mashina bosib ketishi oqibatida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 2022 yilning 12 aprel kuni soat 11:05 larda Sh.N. ismli shaxs o`z boshqaruvidagi “Aholi Trans” MChJ ga qarashli “ShACMAN” rusumli chiqindi tashish avtomashinasini, Buxoro shahar “Istiqlol" mahallasi bo`ylab boshqarib borib, ushbu ko`chadagi 84/1-sonli ko`p qavatli uyning orqa tomonida joylashgan chiqindixonadan chiqib ketayotganida amaldagi yo`l harakati qoidalarining 11-bandi va 77-bandi talablarini buzib, axlatxona yonidan o`tib ketayotgan Yu.N. va bolalar aravachasida bo`lgan, 2020 yilda tug`ilgan voyaga etmagan S.A. ni avtomashina o`ng tomon g`ildiragi bilan bosib ketgan.

Natijada Yu.N. va voyaga etmagan S.A. “og`ir” tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro Sh.N.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, O`zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan holda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar