12 aprel kuni Xalqaro islom akademiyasida “O`zbekistonda ziyorat turizmining dolzarb muammolari va ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi. Bu haqda darakchi.uz xabar bermoqda.
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Islom sivilizasiyasi markazi vakillari hamda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti, vazirlikning Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyati boshqarmalari vakillari, shuningdek, xalqaro Islom akademiyasi talabalari ishtirok etdi.
Anjumanda O`zbekistonda ziyorat turizmining yagona brendini yaratish masalalari, ziyorat turizmini rivojlantirish bo`yicha hududlarning dolzarb muammolari va tajribasi muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan ziyorat turizmi – madaniyatlararo almashinuv va bag`rikenglikni mustahkamlash sohasi sifatida ko`rib chiqildi.
Ma`lumot uchun: Bugungi kunda O`zbekistonda 784 ta islom ziyoratgohi, viloyatda 19 ta xristian ziyoratgohi va 8 ta buddizm madaniy merosi obekti mavjud. Yahudiy va buddizm ziyoratgohlarini targ`ib qilish, o`zbek olimlari haqida xorijiy tillarda filmlar yaratish, Imom al-Buxoriy xalqaro hadis tanlovi, “Islom xattotligi” tanlovlari doirasida qator madaniy tadbirlar o`tkazilmoqda.
Anjumanda ziyorat turizmining muammoli hamda o`zaro hamkorlikda ishlab echimini topish mumkin bo`lgan masalalar bo`yicha muhokamalar qilindi.
Shuningdek, O`zbekistonda ziyorat turizmining yagona brendini yaratish masalasi, turizmga innovasion yondashib, "Ziyorat turizm" onlayn platforma yaratish bo`yicha ishlar boshlanib, 2023-yilda foydalanishga topshirilishi ta`kidlab o`tildi.






