AsosiyJamiyat

Sirdaryoda tadbirkorning qarzdorligini yo`q qilib bermoqchi bo`lgan elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi ushlandi

'Sirdaryoda tadbirkorning qarzdorligini yo`q qilib bermoqchi bo`lgan elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi ushlandi'ning rasmi

Sirdaryo tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi O`.T. tadbirkor Sh.ning savdo do`konidagi elektr energiyasidan 5 mln so`m qarzdorligini tanishlari yordamida yo`q qilib berish va yangi elektr hisoblagich o`rnatib berish evaziga 2,5 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar