AsosiyJamiyat

Farg`ona va Namanganda kredit mablag`larini o`zlashtirish holati fosh etildi

'Farg`ona va Namanganda kredit mablag`larini o`zlashtirish holati fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyati Quvasoy shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.N” dehqon xo`jaligi rahbari G`.A. va boshqalar hududiy tijorat bankidan 10 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz issiqxona qurish uchun 286,2 mln so`m kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan viloyati Uchqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “J.M.” MChJ rahbari S.Yu. 4 nafar fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan 119,9 mln so`m kredit mablag`ini MChJ hisob-raqamiga o`tkazishga erishib, kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar