Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 iyun kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun biroz yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 19-21, kunduzi 33-35 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.





