AsosiyJamiyat

EnergoWiki mobil ilovasi ishlab chiqildi

'EnergoWiki mobil ilovasi ishlab chiqildi'ning rasmi

Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma`lum qilmoqda. 

Mazkur ilova iste`molchilarga vazirlik va uning tizimidagi barcha tashkilotlardagi so`nggi yangiliklar, onlayn murojaat qilish va iste`molchilarning savollariga tezkor javoblar, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa bir qator qulayliklarni taqdim etadi.

Shuningdek, ilova orqali elektr energiyasi va gaz uchun onlayn to`lov tizimi, hisob-kitob holati bo`yicha shaxsiy kabinet oynasi kabi xizmatlarni amalga oshirilishi yo`lga qo`yildi.

Mazkur ilovani GooglePlay tizimi orqali telefoningizga bepul o`rnatib olishingiz mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Ilova ayni paytda android operasion tizimi uchun mavjud bo`lib, yaqin kunlarda IOS (AppStore) operasion tizimi qurilmalari uchun ham yaratiladi.

 

    Boshqa yangiliklar