AsosiyJamiyat

Farg`onada huquqbuzarlik bayonnomasini tuzmaslik uchun pora taklif qilgan shaxs qo`lga olindi

'Farg`onada huquqbuzarlik bayonnomasini tuzmaslik uchun pora taklif qilgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

12 aprel kuni, Farg`ona viloyati Transport boshqarmasi bo`lim inspektori E.X Ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, unda fuqaro J.S “Sobalt” avtomashinasida lisenziyasiz faoliyat ko`rsatib kelayotganligi holati bo`yicha aniqlangan huquqbuzarlik holati yuzasidan ma`muriy bayonnoma tuzmaslik va javobgarlikka tortmaslik evaziga 500.000 so`m miqdordagi pullarni pora tariqasida taklif qilganligini bildirgan. Bu haqda viloyat IIV ma`lum qildi.

Mazkur ariza yuzasidan, shu kunning o`zida Farg`ona viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi, IJQKB Departamentining Qo`qon shahar bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro J.S Qo`qon shahar Navbahor ko`chasida E.X.ga 500.000 so`m miqdordagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir qatnashchilari tomonidan ushlangan.

Hozirda, mazkur holat bo`yicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar