2022 yilda Qozog`iston qurolli kuchlari tashkil topganining 30 yilligi va Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alaba kuniga bag`ishlab harbiy parad o`tkazilmaydi. Bu haqda Kazinform mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, parad o`rniga harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Ikkinchi jahon urushi va Qozog`iston qurolli kuchlari faxriylariga alohida e`tibor qaratiladi.
Qozog`iston mudofaa vazirligi butun mamlakat bo`ylab 50ga yaqin turli tadbirlar o`tkazishni rejalashtirgan.






