AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda havo harorati 33° gacha ko`tariladi

'Bugun O`zbekistonda havo harorati 33° gacha ko`tariladi'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni havo iliq bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda chang-to`zon bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 28-33° gacha ko`tariladi.

Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 29-31° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar