AsosiyJamiyat

Chiroqchida YPX xodimi bilan janjallashgan shaxs 10 sutkaga qamaldi  

'Chiroqchida YPX xodimi bilan janjallashgan shaxs 10 sutkaga qamaldi   'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida YPX xodimi bilan janjallashgan shaxs 10 sutkaga qamaldi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti bu haqda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, YPX xodimi "Nexia" rusumli avtomobil haydovchisiga "to`xtash" ishorasini ko`rsatganda, haydovchi to`xtamasdan harakatlangan.

Biroz vaqt o`tib, ushbu avtomobilda bo`lgan yo`lovchi YPX xodimining yoniga kelib, sababsiz e`tirozlar bildirib janjallashgan.

Holat Jinoyat ishlari bo`yicha Chiroqchi tumani sudi tomonidan o`rganilib, bo`ysunmasdan harakatlangan haydovchiga BHMning uch baravari miqdorida jarima jazosi, shuningdek, YPX xodimining yoniga kelib, sababsiz e`tirozlar bildirib, janjallashgan yo`lovchiga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar